Текст песни
O‘g‘lidan kaltak yeb,
uydan chiqib ketgan erkakman.
Dunyo,
farzandlar doimo o‘ynasa, kulsa,
farzandlar doimo o‘ynasa, kulsa,
ota ular uchun binolar qursa,
bepoyon sahroda piyoda yursa,
tundan tonggacha xayollar sursa.
Dunyo, dunyo.
Dunyo mendan qolar, o‘g‘lim, hattoki sendan,
nechun qizg‘onasan dunyoni mendan?
Iskandardan, Iskandardan qolgan bu dunyo,
yurt-u jahonni olgan-u go‘yo.
Imkon topa olsang, duoyimni ol,
donolar gapiga mudom quloq sol.
Dunyo, dunyo.
Dunyo mendan qolar, o‘g‘lim, hattoki sendan,
nechun qizg‘onasan dunyoni mendan?
Ali dunyo, ali dunyo baytlar bitdi yaxshi-yamonga,
farzandlar qaytsinlar to‘g‘ri tomonga.
Ko‘chalarda ular mag‘rur yursinlar,
yuzlari qolmasin o‘xshab somonga.
Dunyo, dunyo.
Dunyo mendan qolar, o‘g‘lim, hattoki sendan,
iltimos, qizg‘onmagin dunyoni mendan.