Текст песни
Onajon…
Kech qoldim…
Ojiz-hasta onamni,
Yo‘limga zor qilibman.
O‘lsin tashvish, yumushlar,
Diydorim tor qilibman…
Kech qoldim men, onajon,
Endi yurak yig‘laydi zor.
Sizni unutgan kunlarim,
Menga bo‘ldi og‘ir azob…
Turibdi-ku uy-joyim,
Jilmadi-ku joyidan.
Endi yurak yig‘laydi,
Xabar olmay holidan…
Kech qoldim men, onajon,
Endi yurak yig‘laydi zor.
Sizni unutgan kunlarim,
Menga bo‘ldi og‘ir azob…
Erim, bolam-chaqam deb,
Sumka-sumka non tashib.
Nomard farzand bo‘ldimmi,
Suv tutmabman bir qoshiq…
Derazadan kutgansiz meni…
Men esa kelmadim, onajon…
Kelinlari bor debman,
Sochini tarar debman.
Sho‘rlik onam mo‘ltirab,
Derazadan qarar ekan…
Kech qoldim men, onajon,
Endi faqat pushaymon bor.
Siz yo‘q endi yonimda,
Qoldi faqat bitmas armon…
Bildim ona — tanho do‘st,
Yo‘q sizdan aziz dunyoda.
Siz bergan mehrni men,
Topolmadim hech qachon…
Onajon…
Kech qoldim…