Текст песни
Yorim…
Agar bir kun…
Sevaman desa…
“Yorim sevaman desa”
Baxtni chindan sezardim
Bor mehrimni berardim.
Keng jahonni kezardim
Yorim sevaman desa.
Yorim sevaman desa
Yuragim uchib ketar
Bir og‘iz so‘z bilan ham
Butun dunyo o‘zgartar
Yorim sevaman desa
O‘n sakkizga to‘lardim
Ich-ichimdan kulardim.
Hammadan ko‘p suyardim
Yorim sevaman desa.
Dasta gul olib kelib
Shamolday to‘zg‘ib yelib.
Kutardimda sevinib
Yorim sevaman desa.
Yorim sevaman desa
Yuragim uchib ketar
Bir og‘iz so‘z bilan ham
Butun dunyo o‘zgartar
Yorim sevaman desa
Ko‘ngliga xo‘p qarardim
Axvoli ne so‘rardim.
Har ishga ulgurardim
Yorim sevaman desa.
Kechardim dunyolardan
Olisman samolardan.
O‘zardim hayollardan
Yorim sevaman desa.
Unutardim tashvishlar
Qalbimda zo‘r kechmishlar.
Ortda qolar mish-mishlar
Yorim sevaman desa.
Yorim sevaman desa
Hayotim nurga to‘lar
Birgina shu so‘z bilan
Barcha orzular bo‘lar
Yorim sevaman desa
Bo‘lardim vafoli yor
Ko‘rsatib go‘zal diydor.
Bermasdim zarra ozor
Yorim sevaman desa…
2026 SANI DERMAN
2026 Bizni ham ko‘nglimiz bor
2026 Biz juda baxtlimiz
2026 ICHIMDA QOLGAN DARDLARIM
2026 Qo‘shiqlarimga Tegmang, Meni Qiynamang
2026 Bilgin Qadrimni, Do‘stim
2026 ONAJON
2026 Yurak
2026 UZUK KO'ZIDAGI SUV PARISI
2026 Ortga Qaytmas Yoshligim
2026 Ko‘zi Ojiz Ko‘r Emas – Ko‘zi Ochiq Ko‘rdir
2026 Parvoz Etadi