Текст песни
Sen qaydanam bilar eding, musofirning alamini, U ketarda ich-etin yeb, ming entikib bo‘zlab ketar. Ota-ona, yoru jigar, qo‘ni-qo‘shni xayrlashsa, To manzilga yetgunicha bildirmaslan yig‘lab ketar. Sen qaydanam bilar eding, musofirning alamini, Sochilgan rizq, nasibasin termoq bo‘lib izlab ketar. Uning dardi kulgu emas, yoki kayfu safohammas, U oilasin to‘q tutmoqni, o‘z maqsad deb ko‘zlab ketar. Sen qaydanam bilar eding, musofirning alamini, Yor vasliga to‘ymasidan yurak-bag‘rin tuzlab ketar, Beshikdagi bolasining diydorini zor sog‘inib, O‘z-o‘ziga orzularin, armon bilib so‘zlab ketar. Sen qaydanam bilar eding, musofirning alamini, Ular yashar ohu faryod, ko‘ngilu shod nolam deya. Sovuqlarda qotsa hamki, sabr etar barchasiga, Mehnat qilar, otam deya, onam, deya, bolam deya… Sen qaydanam bilar eding, musofirning alamin.