Обложка трека Erkagini xor qilgan ayol — Rustam
4:59

Rustam Erkagini xor qilgan ayol

Сингл · 2026

Скачать

Текст песни

Erkagini xor qilgan ayol
Erkagini xor qilgan ayol

Erkaklarni qadrini biling
Tilingizdan tomib tursin bol
Jannatdan hech umid qilmasin
Erkagini xor qilgan ayol

Kulib kuting, erkalab kuting
Horib ishdan kelganda darhol
Ikki dunyo savobdan mahrum
Erkagini xor qilgan ayol

Erkagini xor qilgan ayol
Erkagini xor qilgan ayol

Shirin tabassumni ayamang
Er xizmati kelmasin malol
Huzur topmas, halovat topmas
Erkagini xor qilgan ayol

Shaytonga ham berayapsiz dars
Erkak qadrin qilib goh uvol
Qiyomatda xor-u zor bo‘lar
Erkagini xor qilgan ayol

Er obro‘si sha’nini saqlang
Kam-ko‘stini yashiring darhol
Elga aziz bo‘lmaydi aslo
Erkagini xor qilgan ayol

Izzat-ikrom ko‘rsatib doim
Bo‘ling unga zo‘r jufti halol
Oxiratni unutgan bo‘lar
Erkagini xor qilgan ayol

Erkagini xor qilgan ayol
Erkagini xor qilgan ayol

Tik qaramang erkak zotiga
Qadriyatlar bo‘lmasin uvol
Jannatni hech orzu qilmasin
Erkagini xor qilgan ayol

0:00 0:00