Текст песни
Uyg’onasiz yurtingizda dil hotirjam, Imkon bo’lsa har kim yurtdan rizqin tersin. Sog’inchiga Topilmaidi Biror Malham, Musofirda yurganlarga sabr bersin. Bir kuni to’q, bir kuni och bo’lishi bor, Birozgina qalay olmoqqa bo’ladi zor. Kim tutadi ich deb yovg’on, bulsa bemor. Musofirda yurganlarga sabr bersin. Havotirda o’tkazar har lahzasini, Unutishga majbur ba’zan lahjasini. Ko’zga surtar topgan har bir akchasini. Musofirda yurganlarga sabr bersin. «Borgunimcha onam politsiya» Bo’lsin deidi, Olslarda Otasining g’amin Eyidi. «Keling» desa bolasiga nima deydi, Musofirda yurganlarga sabr bersin. Halovatsiz uzun tunda xayollar surar, Oilasin, jigarlarin kachon ko’rar. Duosida o’z-o’ziga sabr tilar. Musofirda yurganlarga sabr bersin. Kim oralar, kim ma’qullar ketganini, Har kim o’zi bilar, o’zdan o’tganini. Bitta-bitta yig’ib, halol topganini. Musofirda yurganlarga sabr bersin. Sog’inadi o’z uyining havosini, To’ylarini, karnay-surnay sadosini. Bekitolmas Ichdan Toshgan Nidosini, Musofirda yurganlarga sabr bersin. Qo’rqib qarar uydan bo’lgan ko’ng’iroqqa, «Tinchmikin» deb, o’zin tutar shovqin so’roqqa. «Kaytar edim turib olsam sal oyoqqa», Musofirda yurganlarga sabr bersin. Ko’rmayapti o’g’ilchasin o’qishin, Qizi dadam deya, she’rlar to’qishin. Tugatsaidi, ohiri xuddi shu ishlarin. Musofirda yurganlarga sabr bersin. Bir-ikki chetda yurgan nopok sabab, Musofirni qoralamang, yomon atab. Kimda gunoh, kimda savob bilguvchi Rab, Musofirda yurganlarga sabr bersin. Sog’inchlardan rang-u, ro’yi bo’lmay somon, Qoni-qonji to’lib uyga qaitsin omon. Asl boilik oiladir, issiq makon, Musofirda yurganlarga sabr bersin.