Текст песни
Mehnat qilsang noning butun bor,
Dangasalar nonga bo‘lar zor.
Qadamingni poylaydi ag‘yor,
Bilgil do‘stim bu yer Rossiya!
Mehnat qilar millatlar xar hil,
Ammo maqsad barchada bir xil.
Shirinsuz bo‘l va hurmatda bo‘l,
Bilgil do‘stim bu yer Rossiya!
Uygonasan xurozdan oldin,
Pishiq bo‘lsang topganing oltin,
Hisob bilsin har qandayin tiyin,
Bilgil do‘stim bu yer Rossiya!
Kattalarga bo‘lgil ho‘rmatda,
Kichiklarga bo‘lgil izzatda,
Odamiylik asl qiymatda,
Bilgil do‘stim bu yer Rossiya!
Laqma bo‘lsang laqqilatarlar,
Ezma bo‘lsang ezib sog‘arlar,
Chakimchini tikka otarlar,
Bilgil do‘stim bu yer Rossiya!
Ifloslarga qushilma zinhor,
Yovuzlarga kulfat doim yor,
Pand yemagin topmagin zinhor,
Bilgil do‘stim bu yer Rossiya!
Bemahalda yurmagin aslo,
Buzuqlarni turmushi rasvo,
Saqlanganni saqlaydi Olloh,
Bilgil do‘stim bu yer Rossiya!
Olloh bersin barchaga sabr,
Vatan uzoq yuqotma qadr,
Sog‘inch hissi juda ham og‘ir,
Bilgil do‘stim bu yer Rossiya!
Nur istagan nur topgay bunda,
Dur istagan dur topgay bunda,
Pul istagan pul topgay bunda,
Bilgil do‘stim bu yer Rossiya!
Ne qilsa ham o‘zbek ekanmiz,
Bola-chaqa o‘y-joy deganmiz,
Yaxshi niyat bilan kelganmiz,
Bilgil do‘stim bu yer Rossiya