Обложка трека Musofir Dardi — Rustam
4:57

Rustam Musofir Dardi

Сингл · 2026

Скачать

Текст песни

Yana qo‘lga olib qalam,
Sog‘inchimni etdim bayon,
Ichimdagi dardu alam,
Faqat bir o‘zimga ayon.

Yuribmanku mehnat qilib,
Yurtdan olis makonlarda,
Har kun halol rizqim terib,
Ishlayapman sovuqlarda.

Goh mag‘lubman goho g‘olib,
Hatto ba’zan bekor qolib,
Sog‘inchimni kuyga solib,
Yashayapman musofirda.

Otajonim men yaxshiman,
Onajonim ishim yengil,
Akam ukam yuribdimi,
Qalay o‘zi erka singil.

Qishloq ancha o‘zgargandir,
Chiroy ochib gullagandir,
Do‘stu jura qadirdonlar,
Sog‘u salomat yurgandir.

Bu yerlarda dardkashim yo‘q,
Biror yaqin sirdoshim yo‘q,
Ammo havotir olmanglar,
Ustim butu qornim ham to‘q.

Yaqin qoldi diydor oni,
Men qaytaman tugasa qish,
Sog‘indimda vatanimni,
O‘zimizda ham ko‘pku ish.

0:00 0:00