Обложка трека NAFAS OLSAM BO'LGANI — Rustam
4:14

Rustam NAFAS OLSAM BO'LGANI

Сингл · 2026

Скачать

Текст песни

Dunyo oltin zarini,
Sizga berdim barini,
Quchib qalbim zorini,
Nafas olsam bo‘lgani.

Yo‘llarimni poylamang,
Dilga hasad joylamang,
Nomimni ko‘p loylamang,
Nafas olsam bo‘lgani.

Och bo‘riday qaramang,
Asabimni taramang,
Bor dunyoni oling mang,
Nafas olsam bo‘lgani.

Nafas olsam bo‘lgani,
Nafas olsam bo‘lgani,
Menga dunyo kerakmas,
Nafas olsam bo‘lgani.

Yurak chalsin navoni,
Dilga topsin davoni,
To‘smang toza havoni,
Nafas olsam bo‘lgani.

Yuragingiz buncha kir,
Qalbingiz to‘la kibr,
Olavermang xavotir,
Nafas olsam bo‘lgani.

Zo‘rg‘a qadam tashlayman,
Har kun ko‘zim yoshlayman,
Indamay jim yashayman,
Nafas olsam bo‘lgani.

Ko‘zlarimga suqmang xas,
G‘iybat qilmang bo‘ldi bas,
Menga dunyo kerakmas,
Nafas olsam bo‘lgani.

Mayli qo‘ymang kulgani,
Nafas olsam bo‘lgani.

0:00 0:00