Текст песни
Dunyo tashvishdan charchagan ukam…
Baxtlardan tumorlar yasagan inim…
Dardlarga malham, suyanchegim tog‘im…
Jonimga jondosh… qalqonim…
Ne topsa ilingan jigarlariga,
Bozorni oldi — sara ne’matlar ham ilingan…
Ota-onasiga dastyor, tergakdir,
Mehnatda qo‘llari qotgan ukam…
Sabr toshni yelkalaган ukam…
Jim turib hammasini ko‘targan…
Ko‘zda yoshni ko‘rsatmay yashagan…
Ichida qancha dardni yutgan…
Ukam… sen mening faxrim…
Og‘ir yo‘llarda ham sinmading…
Yelkam bo‘lib yonimda turding…
Hech kimga dardingni bermading…
Ukam… Alloh asrasin seni…
Baxt yozsin har bir kuningni…
Men har tong duo qilaman…
Yoritsin Rabbim yo‘lingni…
Omad tilayman tongda duo ila,
Allohim egmasin nomardga boshing…
Taqdir ko‘chasida qoqilma hech,
Tirikchilik deya jon halakgin…
Dunyo tashvishlaridan charchagan ukam,
Baxtlar tilayman tundan tonggacha…
Omadlar tilayman aziz boshingga,
Umrlar tilayman umr yo‘lingga…
Otamday mehribon aziz insonim…
Otam siyrati qolgan yuzingda…
Eh ukam… sen jim yig‘laysan…
Lekin hech kim sezmaydi…
Ukam… sen mening tayanchim…
Bu hayotda eng yaqin insonim…
Ko‘zda yoshni bildirmagan ukam…
Ichingdagi dardni bilaman…
Ukam… Alloh asrasin seni…
Baxt bersin har bir qadamingga…
Men doim yoningdaman…
Sen yolg‘iz emassan bu dunyoda…