Текст песни
Ketaman…
Lekin yo‘qolmayman…
Devor kabi quladi umr,
Xazonlarga oshiq tanam.
Men yengildim, sen ham mag‘lubsan,
Yana armon qildi tantanam…
Ketaman — lekin yo‘q bo‘lmayman,
Bulut bo‘lib qaytaman yana.
Sog‘insang, osmonga boq bir bor,
Men o‘sha yerda bo‘laman sana…
Tiriklik sharbatim tugadimi yo,
Qadahim bo‘shagan, chanqoq lablarim.
Qo‘limdan tortadi ajal sharpasi,
Ortga qolib ketdi dard-u g‘amlarim…
Ketaman — lekin yo‘q bo‘lmayman,
Bulut bo‘lib qaytaman yana.
Sog‘insang, osmonga boq bir bor,
Men o‘sha yerda bo‘laman sana…
Ketaman — ortimdan yig‘lamas hech kim,
O‘tmishdek sekin unutilaman.
Sog‘insang chorla, yana qaytaman,
Qabog‘ing ustida bulut bo‘laman…
Yomg‘ir bo‘lib yuzingga tushsam,
Ko‘z yoshlaring bilan aralashsam…
Tushingga kiraman sog‘insang juda,
O‘zim artarman ko‘zingdagi yosh.
Shamol bo‘lib yoningga kelarman,
Seni asrar yuragim har lahza…
Ketaman — lekin yo‘q bo‘lmayman,
Sevgi bizni tark etmas hech qachon.
Birga yurgan o‘sha bog‘larda,
Izlarimiz qoladi abadiy omon…
Bulut…
Bo‘laman…
2026 SANI DERMAN
2026 Bizni ham ko‘nglimiz bor
2026 Biz juda baxtlimiz
2026 ICHIMDA QOLGAN DARDLARIM
2026 Qo‘shiqlarimga Tegmang, Meni Qiynamang
2026 Bilgin Qadrimni, Do‘stim
2026 ONAJON
2026 Yurak
2026 UZUK KO'ZIDAGI SUV PARISI
2026 Ortga Qaytmas Yoshligim
2026 Ko‘zi Ojiz Ko‘r Emas – Ko‘zi Ochiq Ko‘rdir
2026 Parvoz Etadi