Обложка трека KO‘Z NURIM — Rustam, Roxila
4:20

Rustam, Roxila KO‘Z NURIM

Сингл · 2026

Скачать

Текст песни

Hozircha ko‘z nurim, olma Xudoyim…
Insonni yaratgan, Allohim o‘zing,
Tashvishu g‘amlarni bergan ham o‘zing…
Dardlarni berib-ku, sinagan o‘zing…

Belimda og‘riqlar bo‘lsa ham mayli,
Oyog‘im quvvatdan qolsa ham mayli…
Sochimga qirovlar qo‘nsa ham mayli…
Hozircha ko‘z nurim, olma Xudoyim…

Hozircha… ko‘z nurimni olma…
Yorug‘ dunyoni ko‘ray yana…
Shukr aytaman har bir onimga…
Iltijo qilaman Yaratganga…

Hozircha… meni tark etma…
Ko‘zlarimni zulmatga berma…
Hali ko‘rmoqchiman bu olamni…
Hozircha… olma ko‘z nurimni…

Dunyoni ko‘ryapti hozircha ko‘zim,
Shukrlar qilaman Allohga o‘zim…
Yagona istagim va so‘nggi so‘zim…
Hozircha ko‘z nurim, olma Xudoyim…

Bu yorug‘ olamni ko‘rmasa ko‘zim,
Qorong‘u zulmatda yashayman o‘zim…
Yetaklab yurmasin o‘g‘il va qizim…
Hozircha ko‘z nurim, olma Xudoyim…

Dardlaring ko‘p ekan, ey Alloh seni…
Yarador aylama g‘arib ko‘nglimni…
Bedavo dard bilan sinama meni…
Hozircha… ko‘z nurimni olma…

Hozircha… ko‘z nurimni olma…
Yorug‘ dunyoni ko‘ray yana…
Agar olsang ham bir kun jonimni…
Oldin olma mening ko‘zlarimni…

Hozircha… hozircha…
Ko‘z nurimni olma…

0:00 0:00