Обложка трека ONAM, YIG‘LAMANG — Rustam, Roxila
3:27

Rustam, Roxila ONAM, YIG‘LAMANG

Сингл · 2026

Скачать

Текст песни

Bir kun ketadi shirin bu jonim…
Muzday bo‘lib qolar bu tanim…
Ko‘zlarim yumilar, zabonsiz tilim…
Dod solar… bir onam, shirin so‘zligim…

Onam fig‘oniga ruhim qiynalar,
Axir ketyapman-ku Haqning qoshiga…
Tilovat o‘qinglar, ayting sanolar,
Ruhim azoblanar ko‘zing yoshiga…

Onam… yig‘lamang iltimos…
Men ketdim… lekin yo‘qolmadim…
Duo qiling… eslab turing…
Men sizni tark etmadim…

Onam… ko‘z yosh to‘kmang…
Ruhim og‘rir sizni ko‘rib…
Bir kun yana ko‘rishamiz…
Jannatda… sizni kutib…

Dunyo yolg‘onga qo‘lim siltab,
Bu jonim ketar Rabbim yoniga…
Ona, sen yig‘lama bag‘rim tilg‘lab,
Tushlaringga kiraman har tun yo‘qlab…

Ko‘zlaringni yumma yig‘lab…
Men seni sezaman baribir…
Duo qilgin… sabr qilgin…
Bu ayriliq — vaqtinchalikdir…

Onam… yig‘lamang iltimos…
Ko‘z yoshlaring yuragimni yorar…
Men ketdim… ammo yo‘qolmadim…
Ruhim siz bilan yashar…

Onam… sabr qiling…
Bu yo‘l hammamizga bir kun…
Yana ko‘rishamiz albatta…
Oxiratda… bir kun…

0:00 0:00