Перейти к содержимому
Обложка трека MANSABING BORIDA — Rustam
6:46

Трек

Rustam MANSABING BORIDA

Сингл · 2026 · Поп

Скачать

Текст песни

Mansabing borida, sodiq do‘st, ulfat,
Pastga tushsang agar, qilishar g‘iybat.
Qiyo boqmas, boshingga tushsa kulfat,
Yo‘g‘i yaxshi, bunday do‘stning boridan.

Mansabing borida, sodiq do‘st, ulfat,
Pastga tushsang agar, qilishar g‘iybat.
Qiyo boqmas, boshingga tushsa kulfat,
Yo‘g‘i yaxshi, bunday do‘stning boridan.

Gar yashasang, to‘kis, badavlatu-boy,
Uying bo‘lsa, hashamat, qasr, saroy.
Lek ro‘zg‘oring, tinch bo‘lmasa hoynahoy,
Yo‘g‘i yaxshi, bunday saroy boridan.

Gar yashasang, to‘kis, badavlatu-boy,
Uying bo‘lsa, hashamat, qasr, saroy.
Lek ro‘zg‘oring, tinch bo‘lmasa hoynahoy,
Yo‘g‘i yaxshi, bunday saroy boridan.

Mol-davlating bo‘lsa, oshnam deb yurar,
Ta’zimda dasturxon, to‘rida turar.
Zor-muhtoj kuningga, qochib ulgurар,
Yo‘g‘i yaxshi, bunday oshna boridan.

Mol-davlating bo‘lsa, oshnam deb yurar,
Ta’zimda dasturxon, to‘rida turar.
Zor-muhtoj kuningga, qochib ulgurar,
Yo‘g‘i yaxshi, bunday oshna boridan.

Ba’zan betob bo‘lsang, xabar olmasa,
Ko‘ngling chog‘lab, hamdard bo‘lib qolmasa.
Nochor kuningga, bir nazar solmasa,
Yo‘g‘i yaxshi, bunday qondosh boridan.

Yoring bo‘lsayu, tengi yo‘q chiroyda,
Qadring toptap, yorga ursa har joyda.
Na izzat, na hurmat, farosat qayda,
Yo‘g‘i yaxshi, bunday yorning boridan.

Ota-onasin, mehrga zor­lasa,
Nolib, latlab, ozor berib, xor­lasa.
Ko‘zlarin yoshlatib, qiynasa rosa,
Yo‘g‘i yaxshi, bunday farzand boridan.

Chashma-buloq bo‘lsa, ichmasang qonib,
Oqmasa mavj urib, jo‘shib, to‘l­g‘onib.
Qaqrab, chanqab tursa, maysalar yonib,
Yo‘g‘i yaxshi, bunday buloq boridan.

She’r yozsang Zulxumor, yod olmasalar,
Qo‘shiq qilib, sho‘x kuyga solmasalar.
Tinglab, huzur aylab, lol qolmasalar,
Yo‘g‘i yaxshi, bunday she’rni boridan.

Комментировать

0:00 0:00