Перейти к содержимому
Обложка трека ISHONMA DO‘STIM — Rustam
4:22

Трек

Rustam ISHONMA DO‘STIM

Альбом · Kuyma Jonim · 2026 · Поп, Этническая

Скачать

Текст песни

Nelarni ko‘rdi bu, bechora boshim,
Ko‘zlardan tomdi goh, alamli yoshim.

Nelarni ko‘rdi bu, bechora boshim,
Ko‘zlardan tomdi goh, alamli yoshim.
Tatimas hech shodlik, na yegan oshim,
Shunchaki kulgimga, ishonma do‘stim,
Shunchaki kulgimga, ishonma do‘stim.

Chaqdilar goh bo‘lib, ilonu-chayon,
Dardlarim har kimga, etmadim bayon.
Barchasi Allohga, o‘zimga ayon,
Shunchaki kulgimga, ishonma do‘stim,
Shunchaki kulgimga, ishonma do‘stim.

Har yondan otdilar, hasad tuhmat tosh,
Bariga berdim men, sabrla-bardosh.
Yaxshiyam bor qalam, qog‘oz chin darddosh,
Shunchaki kulgimga, ishonma do‘stim,
Shunchaki kulgimga, ishonma do‘stim.

Chehram kular ammo, dilda tugunlar,
To‘lqinib eslarman, goh uzun tunlar.
Bormi g‘am-armonsiz, ko‘ngli butunlar,
Shunchaki kulgimga, ishonma do‘stim,
Shunchaki kulgimga, ishonma do‘stim.

Bitmaskan o‘tsa ham, necha oy-yillar,
Qalbidagi yaralar, azoblar, tig‘lar.
Og‘riqdan bu yurak, ezilib yig‘lar.
Shunchaki kulgimga, ishonma do‘stim,
Shunchaki kulgimga, ishonma do‘stim.

Hayot meni sinab, so‘ngra siyladi,
Umid-ishonch berib, baxtim uyg‘otdi.
Rustam shukrona, aytib kuyladi,
Shunchaki kulgimga, ishonma do‘stim,
Shunchaki kulgimga, ishonma do‘stim.

Комментировать

0:00 0:00