Текст песни
Oilam...
Baxtim...
Qo'rg'onim...
Quvonch, shodlik makoni,
Zavqqa to'la har oni.
Mening uchun eng aziz,
Oilam – baxtim qo'rg'oni.
Oilam – baxtim qo'rg'oni,
Mehr va mexir makoni.
Yuragimning eng azizi,
Oilam – baxtim qo'rg'oni.
Baxtdan to'lib toshaman,
Dovonlardan oshaman.
Quchog'iga shoshaman,
Oilam – baxtim qo'rg'oni.
Oilam – baxtim qo'rg'oni,
Mehr va mexir makoni.
Yuragimning eng azizi,
Oilam – baxtim qo'rg'oni.
Umrimning zar chashmasi,
Aziz, ulug' barchasi.
Jonimning bir parchasi,
Oilam – baxtim qo'rg'oni.
Tuprog'i zar, tutiyo,
Oshyoni nuru ziyo.
Men uchun yorug' dunyo,
Oilam – baxtim qo'rg'oni.
O'g'lim, qizim – dilbandim,
Otam, onam – jannatim.
Tillolardan qimmatim,
Oilam – baxtim qo'rg'oni.
Tinch, osuda ko'nglim chog',
Tushmasin hech unga dog'.
Asragin O'zing, Alloh,
Oilam – baxtim qo'rg'oni.
Oilam – baxtim qo'rg'oni,
Mehr va mexir makoni.
Yuragimning eng azizi,
Oilam – baxtim qo'rg'oni.
Oilam...
Baxtim...
Qo'rg'onim...
2026 SANI DERMAN
2026 Bizni ham ko‘nglimiz bor
2026 Biz juda baxtlimiz
2026 ICHIMDA QOLGAN DARDLARIM
2026 Qo‘shiqlarimga Tegmang, Meni Qiynamang
2026 Bilgin Qadrimni, Do‘stim
2026 ONAJON
2026 Yurak
2026 UZUK KO'ZIDAGI SUV PARISI
2026 Ortga Qaytmas Yoshligim
2026 Ko‘zi Ojiz Ko‘r Emas – Ko‘zi Ochiq Ko‘rdir
2026 Parvoz Etadi