Перейти к содержимому
Обложка трека Sevib Qolgin Meni — Rustam
4:23

Трек

Rustam Sevib Qolgin Meni

Скачать

Текст песни

Sev...
Bugun...
Faqat bugun...
Sevib qol meni...

Hayotning har dami omonat derlar,
Baxtning yo'lagidan tutib ol meni.
Ertaga ko'zimni ochmasman balki,
Bugun imkoning bor, sevib qol meni.

Vaqt kutmaydi,
Umr ham o'tar.
Aytilmagan so'z,
Yurakni yorar.

Bugun imkoning bor, sevib qol meni,
Qalbingga eng yaqin etib ol meni.
Ertaga kech bo'lsa, afsus qilmagin,
Bugun imkoning bor, sevib qol meni.

Hozir keraksan de, unut ertani,
Hatto sog'inchingda kuyga sol meni.
Kerakmas ertaga armon bitmog'ing,
Bugun imkoning bor, sevib qol meni.

"Seni sog'indim", deb ayt, men yo'lga chiqay,
Sog'inchning yo'lida kutib tol meni.
Ertaga ko'changdan o'tmasman balki,
Bugun imkoning bor, sevib qol meni.

Bekinmachoq o'ynar taqdir biz bilan,
Bugun xushyorroq bo'l, sezib qol meni.
Yo'qsa butun umr bekinib o'tgum,
Bugun imkoning bor, sevib qol meni.

Bugun imkoning bor, sevib qol meni,
Muhabbating bilan bag'ringga ol meni.
Hayot bir lahzadir, qadriga yetgin,
Bugun imkoning bor, sevib qol meni.

Sev...
Bugun...
Sevib qol meni...

0:00 0:00