Текст песни
Nega...
Nega odamni odam...
Tushunmaydi...
Kimgadir atalib yozildi bu bayt,
Balki nolasidan dod solar olam.
Hayvonlar insonni tushungan bir payt,
Nega tushunmaydi odamni odam?
Qalbda armon,
Ko'zlarda alam.
Javobin izlar,
Bu g'amgin olam.
Nega tushunmaydi odamni odam?
Nega ayamaydi odamni odam?
Mehrsiz dunyoda qolmasin hech kim,
Nega yaralaydi odamni odam?
Kimningdir qorni to'q, nazari esa past,
Kimningdir ustidan qog'oz-u qalam.
Bir-birin joniga qilishadi qasd,
Nega ayamaydi odamni odam?
Mexr va oqibat yo'qolib ketdi,
Akaning boyligi ukaga alam.
Kim davra to'rida, kim qoldi chetda,
Nega saralaydi odamni odam?
Do'stlik qilolmaydi do'stman deb yurib,
Og'ir kunlarida berolmas turib.
Aksincha ortidan xanjarlar urib,
Nega yaralaydi odamni odam?
Nega tushunmaydi odamni odam?
Nega ayamaydi odamni odam?
Bir kun kelib uyg'onsa vijdon,
Mexr topar yana odamni odam.
Nega...
Odamni odam...
2026 SANI DERMAN
2026 Bizni ham ko‘nglimiz bor
2026 Biz juda baxtlimiz
2026 ICHIMDA QOLGAN DARDLARIM
2026 Qo‘shiqlarimga Tegmang, Meni Qiynamang
2026 Bilgin Qadrimni, Do‘stim
2026 ONAJON
2026 Yurak
2026 UZUK KO'ZIDAGI SUV PARISI
2026 Ortga Qaytmas Yoshligim
2026 Ko‘zi Ojiz Ko‘r Emas – Ko‘zi Ochiq Ko‘rdir
2026 Parvoz Etadi