Текст песни
Ayol...
Baxt uchun yaralgan...
Ko'z yoshlari faqat quvonchdan oqsin...
Jussasin egmasin ro'zg'orning toshi,
Og'ir azoblarda surmasin xayol.
Ko'zidan oqmasin behuda yoshi,
Yig'lasa, mexirdan yig'lasin ayol.
Qalbiga ozor bermagin,
Ko'nglini hech sindirmagin.
Baxting uning kulgusida,
Mexrini asra umr bo'yi.
Yig'lasa, mexirdan yig'lasin ayol,
Shodlikdan kulsin doimo ayol.
Alloh bergan eng buyuk ne'mat,
Qadriga yetgin, aziz ayol.
Kunda sabab topgin kulgusi uchun,
Oppoq orzularin aylama zavol.
Umrini bezasin muhabbat kuchi,
Yig'lasa, shodlikdan yig'lasin ayol.
Gohida gapiga ilsa zardalar,
Shirin arazlarin olma-da malol.
Bir go'zal so'z bilan mexri taralar,
Tengsiz muhabbatdan yig'lasin ayol.
Ishoning e'tibor ehsoningizga,
Ming bitta yaxshilik qaytarar halol.
Biror gard qo'ndirmas bo'stoningizga,
Yig'lasa, sevinchdan yig'lasin ayol.
Yig'lasa, mexirdan yig'lasin ayol,
Sevinchdan kulsin doimo ayol.
Qalbini asragan erkak baxtlidir,
Yig'lasa, baxtidan yig'lasin ayol.
Ayol...
Baxting bo'lsin...
Mexring so'nmasin...
2026 SANI DERMAN
2026 Bizni ham ko‘nglimiz bor
2026 Biz juda baxtlimiz
2026 ICHIMDA QOLGAN DARDLARIM
2026 Qo‘shiqlarimga Tegmang, Meni Qiynamang
2026 Bilgin Qadrimni, Do‘stim
2026 ONAJON
2026 Yurak
2026 UZUK KO'ZIDAGI SUV PARISI
2026 Ortga Qaytmas Yoshligim
2026 Ko‘zi Ojiz Ko‘r Emas – Ko‘zi Ochiq Ko‘rdir
2026 Parvoz Etadi