Текст песни
Bu hayotda juda achchiq haqiqat bor…
Hamma biladi,
lekin tan olishdan qo‘rqadi.
Ona yoningda, lekin yonida o‘tirmaysan,
So‘zi duoga to‘la sen esa vaqt topmaysan.
Xotin yoningda, ammo ko‘zing begonalarda,
Nega bunday o‘zingdan so‘rab ko‘rganmisan, aka?
Qo‘shning bemor pul kerak,
Senda bor bermaysan.
Safarga chiqasan, Umra, Haj,
“Savob” deysan…
Lekin yoningdagi dardni ko‘rmaysan.
Bu achiq haqiqat,
Qochib bo‘lmaydi undan.
Eng yaqin yig‘laydi yoningda,
Biz savobni izlaymiz uzoqdan.
Opang no chor, singling no chor,
Ammo sen osh berasan ko‘z-ko‘z uchun.
So‘zda saxiy, amalda sukut,
Uy ichida och yuraklar tashqarida noming to‘q.
Bu achiq haqiqat, do‘stim,
Kim tan olsa og‘riydi.
Kim inkor etsa undan ham battar,
Chunki vijdon jim turmaydi.
Biz yaxshilikni uzoqdan izlaymiz,
Yonimizdagini esa kech payqaymiz…
Kech bo‘lganda tushunamiz.
Eng yaqinlar yonimizda yig‘laydi,
Biz esa savobni uzoqdan izlaymiz.
Bu hayotning eng achiq darsi
Yurak yoningda, lekin ko‘zing boshqa joyda.
Agar bu qo‘shiq yuragingni og‘ritsa…
Demak, u yolg‘on emas.
2026 SANI DERMAN
2026 Bizni ham ko‘nglimiz bor
2026 Biz juda baxtlimiz
2026 ICHIMDA QOLGAN DARDLARIM
2026 Qo‘shiqlarimga Tegmang, Meni Qiynamang
2026 Bilgin Qadrimni, Do‘stim
2026 ONAJON
2026 Yurak
2026 UZUK KO'ZIDAGI SUV PARISI
2026 Ortga Qaytmas Yoshligim
2026 Ko‘zi Ojiz Ko‘r Emas – Ko‘zi Ochiq Ko‘rdir
2026 Parvoz Etadi