Текст песни
Sinovli dunyo bu...
Har lahza omonat...
Unutma, inson...
Har narsa taqdirdan, har narsa Haqdan
Qismatingdan qochib bo‘lmas hech qachon
Sinovli dunyoda yashamoqdamiz
Har lahzang omonat, unutma inson...
Sinovli dunyo bu, yig‘latadi ko‘ngilni
Sabrsiz yuraklar topar armonni
Har lahza omonat, har nafas sinov
Unutma, ey inson, bu o‘tkinchi dunyo...
Sabrdan yaralgan joningga balli
Peshonangda qancha azoblar qat-qat
Ko‘ngling yaralandi, dil poralandi
Bu dunyo shunchalar zolim, beshafqat...
Bugun ko‘rganingni erta topmaysan
Tanni bir lahzada tark etadi jon
Bu berahm ajal necha alpalarni
Navqiron yoshida olgan qadrdon...
Sinovli dunyo bu, aldar ko‘ngilni
Bugun bor narsangni ertaga topmaysan
Har nafas omonat, unutma inson
Bu dunyo sinovdir, ketamiz bir kun...
Toshdan ham qattiq bu boshinga tushgan
Dardu alamlarni berasan bardosh
Ingrayasan, yig‘laysan dod-faryod solib
Ko‘zing qaroğida qolmaguncha yosh...
Bilmaysan ertaga nima bo‘lishin
Jismingdagi shirin joning omonat
Borida qadrlagin qadrdonlarni
Ko‘zni quvontirib yursin salomat...
E’tiborsiz qo‘yma yaqinlaringni
Bir chimdim mehrni darig‘ tutma hech...
Sinovli dunyo bu, ko‘ngilni sinar
Yo‘qotsang topolmaysan izlarini ham
Ming afsus chekkaning foyda bermaydi
Qadrlagin bugun, kech bo‘lmasidan...
Bu dunyo o‘tkinchi...
Unutma, inson...