Текст песни
Bizda ham ko‘ngil bor...
Uni ham og‘ritishadi...
Lekin hech kim tushunmaydi...
Ko‘nglim og‘riyapti, tinmasdan yana
Go‘yoki yuragim yorilgudek tars
Unutmang dilimni poralaganlar
Hech qachon bir qo‘ldan chiqmaydiku qars...
Bizda ham ko‘ngil bor, unutma buni
Yurak ham og‘riydi, sezmayapsanmi
Bir og‘iz mehr ham qiyin bo‘ldimi
Nega buncha sovuq bo‘lib qolding sen...
Yana biz aybdor, yana biz yomon
Go‘yo siz farishta misoli poksiz
Qalbimni tangadek joyi qolmadi
Hatto jarohatsiz, hattoki choksiz...
Bir og‘iz shirin so‘z, bir chimdim mehr
Shu ham ko‘p ko‘rindi ko‘zlaringizga
Endi ishonmayman, hech qachon, hech vaqt
Yolg‘onga yo‘g‘rilgan so‘zlaringizga...
Bizda ham ko‘ngil bor, unutma buni
Yig‘laydi yurak ham, kulmaydi doim
Mehrsiz so‘zlaring tig‘dek botadi
Sevgi ham o‘ladi, bilmay qolding sen...
Tig‘lar ursangiz ham qalbimga tinmay
Jimgina turibman, sasisiz, sadosiz
Nolalarim Haqqa yetib borsa gar
Siz aslo qolmaysiz, zinhor jazosiz...
Endi jim yurarsiz, tilingiz tiyib
Aybimni izlashdan charchamaganlar
Bizda ham ko‘ngil bor, unutman shuni
Har kun yuragimni parchalaganlar...
Bir kun tushunarsan yurak dardini
Kech bo‘lsa ham, sezarsan barini...
Bizda ham ko‘ngil bor, unutma buni
Yurakni sindirish oson emasdi
Mehr bermaganlar, dardni ham bilmas
Sevgi yo‘q joyda baxt ham bo‘lmaydi...
Bizda ham ko‘ngil bor...
Unutma...
2026 SANI DERMAN
2026 Bizni ham ko‘nglimiz bor
2026 Biz juda baxtlimiz
2026 ICHIMDA QOLGAN DARDLARIM
2026 Qo‘shiqlarimga Tegmang, Meni Qiynamang
2026 Bilgin Qadrimni, Do‘stim
2026 ONAJON
2026 Yurak
2026 UZUK KO'ZIDAGI SUV PARISI
2026 Ortga Qaytmas Yoshligim
2026 Ko‘zi Ojiz Ko‘r Emas – Ko‘zi Ochiq Ko‘rdir
2026 Parvoz Etadi