Обложка трека Ko‘rmaganni Ko‘rgani Qursin — Rustam feat. Roxila
4:12

Rustam feat. Roxila Ko‘rmaganni Ko‘rgani Qursin

Скачать

Текст песни

Kambag‘allikni unutma...
Boylik sinovdir...
Kibrdan saqlan...

Kecha eski choriqda yurgan
Oyog‘ida omonat turgan
Boy bo‘ldim deb ko‘ksiga urgan
Ko‘rmaganni ko‘rgani qursin...

Ko‘rmaganni ko‘rgani qursin
Boylik bilan kibrga yursin
Unutibdi asl kimligini
Ko‘rmaganni ko‘rgani qursin...

Buncha minding kibr otiga
Yarashmas bu inson zotiga
Shu so‘zni bir soling yodiga
Ko‘rmaganni ko‘rgani qursin...

Gap-so‘zlari o‘zgacha bo‘lib
Hamyonlari dollarga to‘lib
Qo‘yar yana ustingdan kulib
Ko‘rmaganni ko‘rgani qursin...

Ko‘rmaganni ko‘rgani qursin
Kibr bilan yuragini ursin
Pul topib ham odam bo‘lmasa
Ko‘rmaganni ko‘rgani qursin...

O‘zgalarni nazarga ilmas
Kimligini koshki xalq bilmas
Pul topgan bir senmi, yaramas
Ko‘rmaganni ko‘rgani qursin...

Kibrlanma, kamtar bo‘l har on
Bir nasihat qildim, qadrdon
O‘zligini unutmoq yomon
Ko‘rmaganni ko‘rgani qursin...

Darvozangga ilib qo‘y choriq
Manmanlikdan bo‘lasan foriq...
Ko‘rmaganni ko‘rgani qursin
Boylik bilan o‘zini yo‘qotsin

Kamtarlikni unutgan banda
Oxirida pushaymon bo‘lsin...
Kamtar bo‘l... unutma...
Ko‘rmaganni ko‘rgani qursin...

0:00 0:00