Текст песни
Boylik — sinov...
Kibr — halokat...
Nochorni oldida maqtanma...
Mol-dunyoing haddidan oshsa ham
Pullaring cho‘ntakdan toshsa ham
Atrofga boq, qancha ko‘ngli kam
Nochorni oldida maqtanma...
Nochorni oldida maqtanma
Yurakni og‘ritib ketma
Bugun sen boy, ertaga nima
Bu dunyo o‘tkinchi, unutma...
O‘ylab bos har bitta qadamni
Kamsitma kambag‘al odamni
Ko‘rsang ham gar yarim olamni
Nochorni oldida maqtanma...
Shohona yashashning gashti bor
Kimga keng bu dunyo, kimga tor
Bo‘lma hech kibrli, dilozor
Nochorni oldida maqtanma...
Nochorni oldida maqtanma
Ko‘ngilni sindirib ketma
Boylik bilan o‘lchanmas inson
Mehr bilan ulug‘ bo‘ladi jon...
G‘ariblik ko‘ngilni sindirar
Yo‘qchilik boriga ko‘ndirrar
Boyvachcha bo‘lsang ham sen agar
Nochorni oldida maqtanma...
Har kuni libosing turfa xil
Qo‘lingda millionlab turar pul
Unda ham bor, senda bor ko‘ngil
Nochorni oldida maqtanma...
Bu o‘tkinchi dunyo, hoy-havas
Hayotingga nuqta bir nafas...
Nochorni oldida maqtanma
Boylik abadiy emas aslo
Bir makonda teng bo‘lar barimiz
Oxir manzil — ikki metr joy...
Kibrni tashla...
Kamtar bo‘l...
Nochorni oldida maqtanma...