Обложка трека Odamning Olasi Ichida Bo‘lar — Rustam feat. Roxila
4:39

Rustam feat. Roxila Odamning Olasi Ichida Bo‘lar

Скачать

Текст песни

Ishonma...
Soxta so‘zlarga aldanma...
Bu dunyo niqoblar ichida...

Ishonma soxta dil so‘zlarga
Ishonma yolg‘onchi ko‘zlarga
Duch kelding niqobli yuzlarga
Odamning olasi ichida bo‘lar...

Odamning olasi ichida bo‘lar
Kulib turib, yuragingni yorar
Ko‘rganing hammasi rost emas
Bu dunyo aldar, ishonma har kimga...

Yaxshilik qilishga hushi yo‘q
Go‘yoki undan boy kishi yo‘q
Qalbingni qiladi goh majruh
Odamning olasi ichida bo‘lar...

Dardingga bepisand qaraydi
Na og‘ir kuningga yaraydi
Bergan va’dasida turmaydi
Odamning olasi ichida bo‘lar...

Odamning olasi ichida bo‘lar
Yuzingga kulib, ortingdan urar
Ishonib qo‘ysang, kuyib qolasan
Bu dunyo sinaydi, bardosh ber inson...

Yoniga bosh egib borasan
Amallab ko‘nglini yorasan
O‘z yog‘ingda kuyasan, yonasan
Odamning olasi ichida bo‘lar...

Bir tuki qilt etmas shunda ham
Yuzingga boqadi hotirjam
Ko‘zingga dunyo tor o‘sha dam
Odamning olasi ichida bo‘lar...

Mazlumlik, nochorlik yomon dard
Boshingni silamas biror mard...
Odamning olasi ichida bo‘lar
Har bosgan qadamda nomard topar

Ishonma soxta dil so‘zlarga
Bu dunyo ichida sinovlar bor...
Ishonma yolg‘onchi ko‘zlarga...
Odamning olasi ichida bo‘lar...

0:00 0:00