Обложка трека Yo Rasululloh — Rustam feat. Roxila
4:50

Rustam feat. Roxila Yo Rasululloh

Скачать

Текст песни

Yo Rasululloh...
Gunohkor bandangizman...
Meni yolg‘iz qo‘ymang...

Ko‘zimdan to‘kilar marjon-marjon yosh
Qiyomatda bo‘lsa gunohlarim fosh
Qarshingizda qanday ko‘taraman bosh
Meni yolg‘iz qo‘ymang, yo Rasululloh...

Meni yolg‘iz qo‘ymang, yo Rasululloh
Yolg‘iz qo‘ymang, yo Rasululloh
Umidim faqat Sizdadir, ey Habibulloh
Meni yolg‘iz qo‘ymang, yo Rasululloh...

Jannatdan yog‘ilib tursa go‘zal nur
Mendek gunohkorni ahvolini ko‘r
Qiyomat kunida chalinganda sur
Meni yolg‘iz qo‘ymang, yo Rasululloh...

Mehrni unutdim men borgan sari
G‘aflatni ko‘nglimdan qilmadim nari
Qabrimda turibdi azoblar bari
Meni yolg‘iz qo‘ymang, yo Rasululloh...

Meni yolg‘iz qo‘ymang, yo Rasululloh
Yolg‘iz qo‘ymang, yo Rasululloh
Shafoatingizdan umidim bor
Meni yolg‘iz qo‘ymang, yo Rasululloh...

Otamni ranjitdim takror va takror
Onamdan uzolmas qarzlarim bor
Barcha ummatingiz Sizdan umidvor
Meni yolg‘iz qo‘ymang, yo Rasululloh...

Qilmadim muruvvat, qilmadim ehson
Nafsimga qul bo‘lib yashadim har on
Faqat jonim o‘rtar so‘nggi pushaymon
Meni yolg‘iz qo‘ymang, yo Rasululloh...

Yelkamda turibdi gunohlar qat-qat
Ko‘z ochib yumguncha kelar oxirat...

Meni yolg‘iz qo‘ymang, yo Rasululloh
Ey Habibulloh, bizdan yuz o‘girmang
Ummatingiz Sizdan kutar shafoat
Meni yolg‘iz qo‘ymang, yo Rasululloh...

Sizga salovatlar aytaman bot-bot...
Meni yolg‘iz qo‘ymang...

0:00 0:00