Обложка трека Sevgini unutamiz — Rustam
4:02

Rustam Sevgini unutamiz

Альбом · Seni Sog'indim · 2026

Скачать

Текст песни

Kel…
Yaxshisi…
Unutamiz…

Ozor berib ko‘p og‘ritdik ko‘nglimizni,
Vafo nima bilmay jafolar yutamiz.
Bir kun ishq uvoli urar ikkimizni,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.

Ahir mensiz yashay olasan bu ayon,
Men ham sensiz yasholaman etmay bayon.
Bizlar birga bo‘la olmaymiz hech qachon,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.

Unutamiz, unutamiz
Yuraklarni yutamiz
Sevgi bor edi bir payt
Endi uni yo‘q qilamiz

Unutamiz, unutamiz
Orzularni yutamiz
Birga emas yo‘limiz
Endi ortga qaytmaymiz

Har kun janjal har kun achchiq so‘zlar bilan,
Ko‘nglimizni bir-biridan sovutamiz.
Bizga baxtli bo‘lmoq qismat emas ekan,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.

Bir kun baribir sevgimiz topar barham,
Bir-birimiz tushunmasdan har kun janjal.
Bizga g‘ururimiz ustun sevgimizdan,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.

Unutamiz, unutamiz
Yuraklarni yutamiz
Sevgi bor edi bir payt
Endi uni yo‘q qilamiz

Unutamiz, unutamiz
Orzularni yutamiz
Birga emas yo‘limiz
Endi ortga qaytmaymiz

Bilmaysanda pinhon yig‘lab ko‘zyosh yutdim,
Bir kun bari yaxshi bo‘lar diya kutdim.
Sabrim sindi tushun meni charchab ketdim,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.

Unutamiz, unutamiz
Bu sevgini yutamiz
Ko‘z yosh bilan bo‘lsa ham
Bir-birimizdan ketamiz

Unutamiz, unutamiz
Endi ortga qaytmaymiz
Yurak og‘rir baribir
Lekin yana sevmasmiz

Nuqta qo‘yaylik bariga yaxshi bo‘lar…
Kel… unutamiz…

0:00 0:00