Текст песни
Sevib qoldim
Yurak urar juda tez,
Ahvolimni do‘stim sez.
Hayollar osmonni kez,
Sevib qoldim bilmasdan.
Havas qildimmi bilmam,
Qalbim cheksada sitam.
Hatto og‘ir xotiram,
Sevib qoldim bilmasdan.
Yoqadi-da yuz-ko‘zi,
Yana samimiy so‘zi.
Qoshin qoqqanda o‘zi,
Sevib qoldim bilmasdan.
Kulgulari zilolim,
U mening beg‘uborim.
Eshitgin dilozorim,
Sevib qoldim bilmasdan.
Qalbim tanlab berganim,
Jonim, yorim deganim.
Bilarmisan sevganim,
Sevib qoldim bilmasdan.
Tunlari uxlolmayman,
Faqat seni o‘ylayman.
Sevib qolmay o‘layman,
Ko‘ngil qo‘ydim bilmasdan.
So‘zlar ketdi chalkashib,
Hayol ketdi adashib.
Do‘stim bilan dardlashib,
Sevib qoldim bilmasdan.
Tunlar ketdi halovat,
Yeyolmay qoldim ovqat.
Tugab bormoqda toqat,
Sevib qoldim bilmasdan.
Berkitaman onamdan,
Yana amma, xolamdan.
Qo‘rqib ketmang nolamdan,
Ko‘ngil berdim bilmasdan.
Boshqacha tuyg‘u ekan,
Bilgani qayg‘u ekan.
Sanchsa ham qalbga tikan,
Sevib qoldim bilmasdan.
Endi nima qilaman,
Goh devona yuraman.
Boshga tushdi, ko‘raman,
Sevib qoldim bilmasdan.
2026 SANI DERMAN
2026 Bizni ham ko‘nglimiz bor
2026 Biz juda baxtlimiz
2026 ICHIMDA QOLGAN DARDLARIM
2026 Qo‘shiqlarimga Tegmang, Meni Qiynamang
2026 Bilgin Qadrimni, Do‘stim
2026 ONAJON
2026 Yurak
2026 UZUK KO'ZIDAGI SUV PARISI
2026 Ortga Qaytmas Yoshligim
2026 Ko‘zi Ojiz Ko‘r Emas – Ko‘zi Ochiq Ko‘rdir
2026 Parvoz Etadi