Текст песни
Men shu yerdaman…
Eshitayapsanmi meni?..
Men jimman, lekin yuragim isyonda,
Sezdirmay ba’zan yig‘lab qoladi.
Sekingina undan so‘rayman,
U esa og‘ir nafas olib, sukut qiladi.
Yig‘lab qinidan chiqmoqchi bo‘lgan,
Siqilib ketgan yuragingman men.
Nega meni tushunmaysan o‘zing,
Axir sening o‘zingman — eshitgin meni.
Ichimizda jim urush bor,
Biri sukut, biri faryod.
Bir tomoni chidab yashaydi,
Bir tomoni izlaydi najot.
Qo‘y, yig‘lama, bermayman ozor,
Sen menga eng yaqin, eng zarur.
Sen sinmasang, men ham sinmayman,
Bir tan-u bir jonmiz, yurak va g‘urur.
Qo‘y, yig‘lama, yonimda qol,
Dardlarni birga yengamiz.
Men seni asrayman har dam,
Bir yo‘ldan birga o‘tamiz.
Bilmayman ayb kimda — o‘zimdami,
Balki o‘zimni ko‘p qiynadim.
Siqib qo‘yganman seni ichimda,
O‘rningga o‘zimni qo‘yib adashdim.
Sen ham charchading, bilaman,
Lekin meni ham eshitgin ozgina.
Men yig‘lasam — bu ojizlik emas,
Bu sevgi, bu yurakning nolasi aslida.
Va’da berdik o‘zimizga bir kun,
Endi bir-birimizni sindirmaymiz.
Ichimizdagi bu janglarni yengib,
Yana o‘zimizni yo‘qotmaymiz.
Va’da berdim o‘zimga o‘zim,
Endi seni asrayman, yuragim.
Hech kimga bermayman ozor berib,
Azoblarga tashlamayman seni.
Qo‘y, yig‘lama, yonimda qol,
Endi biz birgamiz doim.
Ichimizdagi barcha bo‘ronlardan,
Birga chiqamiz omon.
Endi sen yig‘lamaysan…
Chunki men seni eshitdim…