Текст песни
Akam bor deb ko‘ksimni...
Kerib yuribman, aka...
Akam bor deb qaddimni
Urib yuribman, aka,
Bildirmasdan ta’zimlar
Qilib yuribman, aka.
Ishongan bog‘im sizsiz,
Suyansam tog‘dek akam,
Davringizda davronlar
Surib yuribman, aka.
Ko‘ngil kuyib gohida,
To‘lsa yurak paymonang,
Sen uchun joni halak,
Har doim bedor onang...
Akam bor deb ko‘ksimni
Kerib yuribman, aka,
Hayot yo‘llarimda ham
Sizni ko‘ribman, aka.
Jigardan boshqa do‘st yo‘q,
Shuni bilibman, aka,
Borlig‘ingiz – baxtim deb
Yashab yuribman, aka...
Opa-singling bo‘larkan
Senga chin do‘st hamxonang,
Jigardan boshqa do‘st yo‘q
Ko‘rib yuribman, aka.
Yelkangizga chiqardim men
Bolalik chog‘imda,
Suyukli uka edim
Akamning ardog‘ida.
Endi tirikchilik deb
Hol so‘rmadim gohida,
O‘zim ekanim o‘zim
Urib yuribman, aka.
Dunyo keng qo‘rg‘on ekan,
Yomoni bor, yaxshi bor,
Yaqinlaring sog‘ bo‘lsa,
Hayotingni naqshi bor.
Aksingizda dadamning
Savlati bor, akam bor,
Qadringiz zardan aziz,
Bilib yuribman, aka...
Umringizni ziyoda
Qilsin qodir xudoyim,
Mehrimiz uzilmasin
Toki qiyomat qoyim.
Baxtimga sog‘-salomat,
Bardam bo‘ling har doim,
Akam bor deb ko‘ksimni
Kerib yuribman, aka...
Akam bor...
Kerib yuribman... aka...
2026 SANI DERMAN
2026 Bizni ham ko‘nglimiz bor
2026 Biz juda baxtlimiz
2026 ICHIMDA QOLGAN DARDLARIM
2026 Qo‘shiqlarimga Tegmang, Meni Qiynamang
2026 Bilgin Qadrimni, Do‘stim
2026 ONAJON
2026 Yurak
2026 UZUK KO'ZIDAGI SUV PARISI
2026 Ortga Qaytmas Yoshligim
2026 Ko‘zi Ojiz Ko‘r Emas – Ko‘zi Ochiq Ko‘rdir
2026 Parvoz Etadi