Текст песни
Ba’zi sevgilar…
Qaytmaydi…
Va… yana takrorlanmaydi…
Go‘zallar bor sevaman degan,
Kami borday ko‘nglim to‘lmaydi.
Kimga yolg‘on kimga chin sevgi,
Ikki martta sevib bo‘lmaydi.
Ikki martta sevib bo‘lmaydi,
Yurak buni yana ko‘tarmaydi.
Bir bor yongan sevgi olovi,
Ikkinchi bor yonib bo‘lmaydi…
Ohu misol ko‘zlardan kechib,
Qalbga yaqin so‘zlardan kechib,
Armon bo‘lgan sevgidan qochib,
Ikki martta sevib bo‘lmaydi.
Boshing toshga urib ko‘r mayli,
Harakating foyda bermaydi.
Hayolingda o‘sha bir layli,
Ikki martta sevib bo‘lmaydi.
Ikki martta sevib bo‘lmaydi,
Yurak buni yana ko‘tarmaydi.
Bir bor yongan sevgi olovi,
Ikkinchi bor yonib bo‘lmaydi…
O‘zing kulib yurganing bilan,
Qalbing aslo yayrab kulmaydi.
Yurak urib turgani bilan,
Ikki martta sevib bo‘lmaydi.
Ikki martta sevib bo‘lmaydi,
Bu haqiqat yurakda qoladi.
Ilk sevgi iz qoldirgan joyda,
Boshqa sevgi ildiz otmaydi…
Garchi sevsang o‘yla o‘zingni,
Ilk sevgida vafo bo‘lmaydi.
Unutmagin Qodir so‘zini,
Ikki martta sevib bo‘lmaydi…
2026 SANI DERMAN
2026 Bizni ham ko‘nglimiz bor
2026 Biz juda baxtlimiz
2026 ICHIMDA QOLGAN DARDLARIM
2026 Qo‘shiqlarimga Tegmang, Meni Qiynamang
2026 Bilgin Qadrimni, Do‘stim
2026 ONAJON
2026 Yurak
2026 UZUK KO'ZIDAGI SUV PARISI
2026 Ortga Qaytmas Yoshligim
2026 Ko‘zi Ojiz Ko‘r Emas – Ko‘zi Ochiq Ko‘rdir
2026 Parvoz Etadi