Текст песни
Oʻtar dunyo oʻtishini oʻylamadum,
Mehribonim qadriga hech yetolmadim.
Xatolardan kech boʻlmasdan qaytolmadim,
Kechir meni yo ALLOHim,kechir meni.
Oʻtar dunyo oʻtishini oʻylamadum,
Mehribonim qadriga hech yetolmadim.
Xatolardan kech boʻlmasdan qaytolmadim,
Kechir meni yo ALLOHim,kechir meni.
Yoʻllarimdan adashganga tutgan zahar,
Yuragimga ayamasdan urgan hanjar.
Odamlarni doʻst deb bildim yo alhazar,
Kechir meni yo ALLOHim kechir meni.
Yoʻllarimdan adashganga tutgan zahar,
Yuragimga ayamasdan urgan hanjar.
Odamlarni doʻst deb bildim yo alhazar,
Kechir meni yo ALLOHim kechir meni.
Tavba bilan keldim bugun baytingga men,
Yaqinlarim yuragini tilgan ham men.
Nadomatdan tinmay endi yigʻlagan men,
Kechir meni yo ALLOHim kechir meni.
Tavba bilan keldim bugun baytingga men,
Yaqinlarim yuragini tilgan ham men.
Nadomatdan tinmay endi yigʻlagan men,
Kechir meni yo ALLOHim kechir meni.
Комментировать