Перейти к содержимому
Обложка трека Eslamasam — Rustam
3:14

Трек

Rustam Eslamasam

Альбом · Qadrim Yo‘qotdim · 2026 · Поп

Скачать

Текст песни

Qadringiz men uchun juda ham bo‘lak
Sog‘inchlardan ezilib borar yurak
Sizdan bir xabar kutaman yurak
Eslamasam
Eslamaysiz-a?

Qalbimda siz uchun qolgan bir tilak
Yo‘llaringiz tomon boqadi yurak
Sizdan kelmas darak
Jim turar falak
Eslamasam
Eslamaysiz-a?

Kelolmay qolganim aybim bo‘lmasin
Vijdonim qiynalib
Ko‘nglim tolmasin
Aziz insonim
Mendan ranjimang
Eslamasam
Eslamaysiz-a?

Sizni o‘ylab o‘tar har bir kunim ham
Sog‘inch bilan to‘lar mening dilim ham
Bir bor holim so‘rab qo‘ysangiz agar
Eslamasam
Eslamaysiz-a?

Mudragan ko‘zlaring ochilsin endi
Yolg‘izlik dardidan qochilsin endi
Eshigingiz ochiq
Keldim men bugun
Yo‘qlamasam
Yo‘qlamaysiz-a?

Do‘stlik sinovlarda bilinadi-ku
Yaxshi kun-yomon kun ko‘rinadi-ku
Shu bo‘ldimi bizga yetgan oqibat
Eslamasam
Eslamaysiz-a

Комментировать

0:00 0:00