Текст песни
Muhabbatim, qayerdasan, qalb ardog‘im,
Jayronko‘zim, sog‘inchlarda qolgan ohim.
Qo‘lim yetmay uzilgan bir loladog‘im,
Endi seni izlab qaydan toparman...
Kelar bo‘lsang, yo‘lingga gul sochardim,
Sen Majnunga, men Layliga o‘xshardim.
Bu dunyoda hijron yo‘q deb yashardim,
Endi seni izlab qaydan toparman...
Tushlarimda kutib qolaman seni,
Yuragimda asrab yuraman seni.
O‘zimdan ham ortiq sog‘inib seni,
Endi seni izlab qaydan toparman...
Muhabbatim, qayerdasan, qalb ardog‘im,
Jayronko‘zim, qirlarda qolgan ohim.
Qo‘lim yetmay so‘ngan mening gulbog‘im,
Endi seni izlab qaydan toparman...
Комментировать