Перейти к содержимому
Обложка трека Jim bo'l yurak — Shahulya, Shahulya
4:02

Трек

Shahulya, Shahulya Jim bo'l yurak

Сингл · 2026 · Поп

Скачать

Текст песни

Yana nega bezovtasan, ey yurak?
Tinch qo'y meni, qiynamagin o'zimni.
Ushalmaydigan orzular ne kerak?
Ko'rmaysanmi, yoshga to'lgan ko'zimni.

Jim bo'l endi, faryod urib yig'lama,
Yolg'onchi hislarga meni asir etib.
Yaralangan bu ko'nglimni tirnama,
Manzili yo'q, oxiri yo'q yo'lga ketib.
Manzili yo'q, oxiri yo'q yo'lga ketib...

Sezib qolsa onam dardu holimni,
Mendan battar ado bo'lib, so'ladi.
O'tga urmay omonat bu jonimni,
Jim yashasak, aytgin, nima bo'ladi?

Jim bo'l endi, faryod urib yig'lama,
Yolg'onchi hislarga meni asir etib.
Yaralangan bu ko'nglimni tirnama,
Manzili yo'q, oxiri yo'q yo'lga ketib.

Qanot qo'yib uchmoqchisan qayoqqa?
Osmonlarda bizga atalgan joy yo'q.
Tushgin endi xayollardan tuproqqa,
Yuragim, ayt, qachon ko'ngling bo'lar to'q?

Jim bo'l endi, faryod urib yig'lama,
Yolg'onchi hislarga meni asir etib.
Yaralangan bu ko'nglimni tirnama,
Manzili yo'q, oxiri yo'q yo'lga ketib.

Jim bo'l endi...
Qolmasin hech darmonim...
Meni o'tli azoblarga boshlama...

Комментировать

Ещё от Shahulya

Shahulya, Shahulya
3:40
Shahulya, Shahulya
3:34
Shahulya, Shahulya
3:58
0:00 0:00