Текст песни
Muhabbat...
Ey go‘zal iztirob...
Ey ko‘hna dard...
Ey ko‘hna tuyg‘u...
Muhabbat, ey go‘zal iztirob,
Ey ko‘hna dard, ey ko‘hna tuyg‘u.
Ko‘kragimga qo‘lingni tirab,
Yuragimni to‘kib qo‘yding-ku...
Qancha ko‘zlar menga zor edi,
Na g‘am, na anduhim bor edi.
Qushday yengil ruhim bor edi,
Chok-chokidan so‘kib qo‘yding-ku...
Ne qilarding menga tegib sen,
Yengilmagan edim — yengib sen,
Boshlarimni yerga egib sen...
Qomatimni bukib qo‘yding-ku...
Sen men uchun bir xayol eding,
Yaxshi bor yo yaxshi qol eding.
Jon kerakmi — mana ol endi...
Qiynar bo‘lsang, qiynab to‘yding-ku...
Bilmayman, nima edi maqsading...
Menga bir juft guling asrading.
Birin otin Kumush atading,
Birin ismin Zaynab qo‘yding-ku...
Muhabbat...
Ey go‘zal iztirob...
Ko‘chang kezdim sarson, dovdirab,
Yuzlaringga yuzlaring tirab...
Muhabbat, ey go‘zal iztirob,
Ko‘chang kezdim sarson, dovdirab.
Yuzlaringga yuzlaring tirab,
Ko‘zlarimni boylab qo‘yding-ku...
Ko‘zlarimni...
Boylab qo‘yding-ku...
Muhabbat...
Ey go‘zal iztirob...
Комментировать