Текст песни
Yor deding, yor qani?
Barchadin bedor qani?
Nozil bo‘lgan "Men" qani
Ko‘rsatgil takror qani?
Zorimiz eshitmasa
Ikkimizning zor qani?
Asli barchaga ayon
Pardali ul yor qani?
Ko‘p kezdim xazon ichra
Bulbuli gulzor qani?
G‘uncha kabi ochilgan
Rozi dili xor qani?
Devor ustida ungan
Loladek gulyor qani?
Vujudim ichra pinhon
Oyinai yor qani?
Chehram guldek go‘zaldir,
Oshig‘i ruxsor qani?
Yor deysan, yor qani?
Zorim o‘zing, zor qani?
Ko‘p kezdim xazon ichra
Bulbuli gulzor qani?
G‘uncha kabi ochilgan
Rozi dili xor qani?
Nozil bo‘lgan "Men" qani...
Oyinayi yor qani...
Yor deysan, yor qani?
Zorim o‘zing, zor qani?
Комментировать