Перейти к содержимому
Обложка трека Yomg'ir — Nurzida Isayeva, Nurzida Isayeva
3:26

Трек

Nurzida Isayeva, Nurzida Isayeva Yomg'ir

Сингл · 2023 · Поп

Скачать

Текст песни

Yomgʻir yogʻar tinmay
Dardlarimni bilmay
Yashayapman ey hayot
Sinovlaring ilmay

Toʻkmayman sira yosh
Qilib sabru bardosh
Qora bulutlar ortidan
Bir kun chiqar quyosh

Yomgʻir, yomgʻir,
Dardlarimni bilmaysanda
Osmon ogʻir
Nega buncha yigʻlaysanda
Yomgʻir, yomgʻir,
Dardlarimni bilmaysanda
Osmon ogʻir, dardim og'ir

Hayollar eltadi
Har qayoqqa har tomon
Ertadan umidvor
Yashayapmiz hamon

Oʻksima ey koʻngil
Yigʻlama boʻldi qil
Biz kutgan kunlar hali
Oldinda shuni bil

Yomgʻir yuvib ketgin
Dildan armonlarim
Menla qolsin faqat
Eng goʻzal onlarim

crmonga koʻnikmam
Dardinga sherikman
Yashayman sinovlarda
Toki man tirikman


Yomgʻir, yomgʻir,
Dardlarimni bilmaysanda
Osmon ogʻir
Nega buncha yigʻlaysanda
Yomgʻir, yomgʻir,
Dardlarimni bilmaysanda
Osmon ogʻir, dardim og'ir

0:00 0:00