Текст песни
Sevgi haqida tasavvur o'zgacha,
Ikkita sevishgan borar oxirgacha.
Hayot sinovida, issiq-sovug'ida,
Yo'llar o'zgarsa ham, ular birga.
Ammo bu yoshlikdagi xayolim, do'stim,
U paytdan beri ancha o'sdim.
O'ylaganimdek osonmas hayot,
Ba'zan orzular bo'larkan barbod.
Shoirlar aytgan o'sha sevgi qatta?
Hayotimda ko'rmadim biron marta.
Qo'shiqlarda yayragan sevgi boshqa,
Ado qilmagan qalblarni u qayta.
Ko'chalarimda daydib,
Suvlarga dardim aytib,
Ko'rmaganda ular ko'zlaring,
Kezaman axtarib izlaring.
Xayollarimda so'zlaring,
Xayollarimda so'zlaring.
U aytardi: "Yana chiday qancha?
Dugonalarim-ku baxtliroq ancha.
Sababsiz olishar qimmat gullar,
Go'yoki bundan baxtliroq ular."
Shunda sevgi o'lchami puldami?
Yo dugonang osvolgan tillodami?
Soxta olamingda o'zing qolgin,
Yo'llarimiz endi ayro, jonim (ayro jonim).
Ko'chalarimda daydib,
Suvlarga dardim aytib,
Ko'rmaganda ular ko'zlaring,
Kezaman axtarib izlaring.
Xayollarimda so'zlaring,
Xayollarimda so'zlaring.
Комментировать