Текст песни
Dilim ozor tortar ko‘p bora
O‘z qadrimni o‘zim bilmabman,
Yuragim ham titrar tobora,
Qadrsizligim hech sezmapman.
Dilim ozor tortar ko‘p bora
O‘z qadrimni o‘zim bilmabman,
Yuragim ham titrar tobora,
Qadrsizligim hech sezmapman.
Qanchalar voh tuban insonlar,
Bir so‘z ila ko‘ngling sindirar,
Bu hayotda shunday azoblar,
Tik qaddingni guldek so‘ldirar.
Qanchalar voh tuban insonlar,
Bir so‘z ila ko‘ngling sindirar,
Bu hayotda shunday azoblar,
Tik qaddingni guldek so‘ldirar.
Alloh, sendan so‘rayman bugun,
Dilimdagi dardlarimni ol,
Bu dunyoning hasratin ko‘mib,
Qabihlarni ol, yo‘limdan ol.
Alloh, sendan so‘rayman bugun,
Dilimdagi dardlarimni ol,
Bu dunyoning hasratin ko‘mib,
Qabihlarni ol, yo‘limdan ol.
Ular ko‘ngli qora bulutdek,
Atrofingni o‘rab olishar,
Ilon kabi kirib qo‘yningga,
So‘ng asta zahar sochishar.
Ular ko‘ngli qora bulutdek,
Atrofingni o‘rab olishar,
Ilon kabi kirib qo‘yningga,
So‘ng asta zahar sochishar.
Комментировать