Перейти к содержимому
Обложка трека Ayolni Avaylang — Maryam feat. Rustam
4:26

Трек

Maryam feat. Rustam Ayolni Avaylang

Альбом · Kechir Meni · 2026 · Поп

Скачать

Текст песни

Ayolni avaylang, ko‘ngliga qarang
Bechora bir shirin so‘zning gadosi.
Ko‘z yoshin yutadi ichiga arang
Yaxshi gap yo so‘kish eshitgan chog‘i.

Ayolni avaylang, sevmasangiz ham,
Ammo hech sezdirmang nigohingizdan.
Taqdir to‘qmog‘iga topar-ku chidam,
Yuragi to‘xtaydi qovog‘ingizdan.

Ayolni avaylang, norasidadek
Sitamlar so‘ldirgan yuzidan o‘ping.
Shafqatla termulib ko‘zlariga bir
Kechiring, gunohu aybidan o‘ting.

Ayolni avaylang, zaif, ojiza
Asli ko‘p ishlarga yetmas toqati.
U buyuk oddiylik, buyuk mo‘jiza
Erkakka xudoning xos omonati.

Ayolni avaylang, hamisha asrang
Siz bol-u, u sho‘rlik og‘u totmasin.
Oqshom uxlaguncha teskari yotmang
To‘kkan yoshlarini bolish yutmasin.

Ayolni avaylang, muruvvat qiling
Tekislang ustiga yopgan ko‘rpasin.
Yuzlarini silang, sochin to‘g‘rilang
Asabi dam olsin, sokin uxlasin.

Ayolni avaylang, dag‘allashmasin
Ro‘zg‘or aravasin bir o‘zi tortib.
Hazillashib turing, kulsin, yayrasin,
Guldasta oboring harzamon sotib.

Ayolni avaylang, shunchaki seving,
Shart emas rostmana muhabbat qilish.
Mehr bilan qarab bir kulib qo‘ying
Do‘st deb bilasizmi yo tanish-bilish.

Ayolni avaylang, bitmay toqati
Labingiz tekkizing barmoqlariga.
Ayol-ku erkakning yerda jannati
Donishlar tiz cho‘kkan oyoqlariga.

Ayolni avaylang, qimmatli durdek,
Ko‘ngil go‘shangizga berib tursin zeb.
Rasululloh xutbada aytganlaridek,
Asrasangiz bo‘ldi, omonatim, deb...

Комментировать

0:00 0:00