Текст песни
Nega qalb o‘lganda bo‘lmaydi motam?!
Nega sudlanmaydi xiyonatkorlar?!
Menimcha, qotildir jami(y)ki odam,
Jabrlanuvchi — o‘lgan ko‘ngillar.
Nega qalb o‘lganda bo‘lmaydi motam?!
Nega sudlanmaydi xiyonatkorlar?!
Menimcha, qotildir jami(y)ki odam,
Jabrlanuvchi — o‘lgan ko‘ngillar.
Qilgan qilmishidan afsuslanish yo‘q,
Go‘yoki rozidek ko‘ngillari to‘q.
Bitta inson qalbin nogiron qilib,
Yurarlar bearmon, jilmayib, kulib.
Qilgan qilmishidan afsuslanish yo‘q,
Go‘yoki rozidek ko‘ngillari to‘q.
Bitta inson qalbin nogiron qilib,
Yurarlar bearmon, jilmayib, kulib.
Chunki uning ham hissi yo‘qolgan,
Uning qalbining ham kimdir qotili.
Ko‘ngil o‘lib, tana sog‘ qolgan,
Tepsang tebranmaydi, tosh qotgan dili.
Chunki uning ham hissi yo‘qolgan,
Uning qalbining ham kimdir qotili.
Ko‘ngil o‘lib, tana sog‘ qolgan,
Tepsang tebranmaydi, tosh qotgan dili.
Nega qalb o‘lganda bo‘lmaydi motam?!
Nega sudlanmaydi xiyonatkorlar?!
Aytaymi, nega bu qonun chiqmaydi?
Chiqsa ozodlikda hech kim qolmaydi!
Nega qalb o‘lganda bo‘lmaydi motam?!
Nega sudlanmaydi xiyonatkorlar?!
Aytaymi, nega bu qonun chiqmaydi?
Chiqsa ozodlikda hech kim qolmaydi!
Комментировать