Текст песни
Shamollar olib kelar seni sog‘inch so‘zlaring,
Nega sen u tomonda, men esa bu tomonda?
Menga o‘rganib bo’lgan ekan seni yuraging,
Sado ber u tomonda — tinglayman bu tomonda.
Yolg‘izlik kechalari titratar badanimni,
Hayolan eslab uni, silayman yuzlarini
O’rtamizda dengizlar ayro qilgani yomonda,
Sen qolding u tomonda, men esa bu tomonda.
Nafis niholginam, beozor, beg‘ubor ginam,
Ko‘rinmas yo‘llarimda sado ber bir borgina.
Yana bir soniya bag‘rimda bo‘l, xumorginam,
Asray olaman seni ko‘zmunchoq tumorginam.
Bag‘rim tilib ketma, kelsang qaytib ketma,
Mayin esgan shamol ham unga ozor yetkazma.
Ko‘zidan yoshi oqar, dilni sog‘inchi yoqar,
Qalbida yongan olov alanga olib ketma.
So‘nggi bor kel yana bir, seni ko‘rib olay,
So‘nggi bor kelsang seni mehringa to‘yib olay.
Nega taqdir yo‘llari bizga begona hamon?
Balki men yomon, balki sen yomon.
Seni o‘ylab tunlari yuragim eziladi,
Sog‘inganim yurak tubigacha seziladi.
Qo‘llarim cho‘zsam senga yetib qolsaydi bir on,
Bag‘rimga bosar edim — sog‘inib ketdim yomon.